Afg`onistonda tolibonlar hujumi oqibatida besh nafar harbiy xizmatchi halok bo`ldi, yana olti nafari yaralandi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Tolibonlar kecha kechqurun Qandahorning janubiy provinsiyasida joylashgan harbiy lagerga hujum qilishgan. Afg`onistonda mamlakatning salmoqli qismini egallab olgan “Tolibon” radikal harakatiga qarshi hukumat armiyasi kurash olib bormoqda.
So`nggi vaqtlarda mamlakatda “Islom davlati” terrorchilik guruhining ta`siri ham kuchaygan.






