Bundan ikki yil muqaddam Ukraina bozorlariga “Artel” va “Akfa” maishiy texnikalari kirib borgan edi. Endilikda O`zbekistondan to`qimachilik, charm-poyafzal, maishiy texnika, engil mashina, avtobus va bir qator mahsulotlar eksporti yo`lga qo`yilishi ko`zda tutilmoqda. O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, yakunlangan yilda bu borada muhim siljishlarga erishilgan.
Jumladan “Samavto” avtobuslarining Ukrainaga eksporti yo`lga qo`yilgan. ”Made in Uzbekistan” biznes forumi doirasida Ukrainalik ishbilarmonlar O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga katta qiziqish bilan qaraganlar. Uning doirasida 25 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolangan. Farmakologiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi to`g`ridan to`g`ri investisiya kiritishga yo`naltirilgan 10 million dollarlik farmakologik mahsulotlar ishlab chiqarishga mo`ljallangan loyiha kutilmoqda. Shuningdek eksport hajmini yangi yilda 220 million dollarga etkazish mo`ljallangan. Toshkent-Kiev yo`nalishidagi aviaqatnovlarning yo`lga qo`yilishi esa har ikki tomon uchun ham turizm eshiklarini keng ochadi.
O`zA






