Meksikaning janubiy qismida joylashgan Tlaxiako munisipaliteti meri Alexandro Aparisio qasamyod qabul qilgandan keyin bir yarim soat o`tgach, o`ldirildi, deb xabar berdi Lenta ru. nashri.
Hujum vaqtida merdan tashqari yana ikki kishi yaralangan. Ayni vaqtda jinoyatni sodir etishda gumonlangan shaxs qo`lga olingan. Bugunga kelib, Meksika giyohvandlik savdosi bilan shug`ullanadigan jinoiiy to`dalar uchun haqiqiy jang maydoniga aylangan.
2016 yilda mamlakatda 23 ming nafar odam o`ldirilgan bo`lib, qotillik jinoyati bo`yicha 2011 yildan beri fuqarolik urushi davom etayotgan Suriyadan keyin ikkinchi o`rinni egallagan.






