Kecha, Rossiya Federasiyasidagi Magnitogorsk shahrida gaz portlashi oqibatida o`n qavatli uylardan biri qulab tushdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Magnitogorsk shahrida gaz portlashi oqibatida o`n qavatli uylardan biri qisman qulab tushgan. Vayronalar tagidan 12 kishi qutqarilgan, 37 nafar odamning taqdiri esa noma`lumgicha qolmoqda.
FVV bergan ma`lumotga ko`ra, 46 nafar odam istiqomat qiladigan 26 ta kvartira vayron bo`lgan. Bu uyda umumiy hisobda 120 kishi yashagan. Qutqaruvchilar binoning qolgan qismi ham qulab tushish xavfi borligi haqida odamlarni ogohlantirgan.






