Belgrad shahrida minglab serblar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchichga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi, deb xabar berdi Lenta ru. nashri.
Namoyishchilar “Vuchich-o`g`ri!” degan shiorlarni ko`tarib, OAV erkinligini, jurnalistlarni ta`qib qilishni to`xtatishni talab qilishdi. Bu so`nggi haftadagi to`rtinchi norozilik namoyishidir. Namoyishchilarning ma`lum qilishicha, serb etakchisi asosan OAVlarni nazorat qiladi, uning partiyasi esa korrupsiyachilardan iboratdir.






