AsosiyJamiyat

“Ijtimoiy roliklar” tanlovi g`oliblari taqdirlandi

'“Ijtimoiy roliklar” tanlovi g`oliblari taqdirlandi'ning rasmi

Mamlakatimiz yoshlari hayotini aks ettiruvchi, ularni muvaffaqiyatlar sari undovchi ta`sirchan ijtimoiy roliklar mualliflarining iste`dodlarini namoyish etishiga ko`maklashish, ularni munosib rag`batlantirish va keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Yoshlar media markazi” NNT tomonidan “Ijtimoiy roliklar” tanlovi o`tkazildi. Innovasion g`oya va aqliy salohiyatni oshirish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandlikka ko`maklashish hamda sog`lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ`ib qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish, “Bu – mening O`zbekistonim” kabi 5 ta yo`nalishda olib borilgan bellashuvga jami 135 ta videorolik taqdim etildi.

Xususan, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandlikka ko`maklashish yo`nalishida 10 ta, “Bu – mening O`zbekistonim”yo`nalishida 20 ta, innovasion g`oya va aqliy salohiyatni oshirishga oid 30 ta, jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish bo`yicha 35 ta, sog`lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ`ib qilish yo`nalishiga esa 40 ta videorolik O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tegishli bo`lim mudirlari hamda mas`ul mutaxassislaridan iborat hakamlar hay`ati tomonidan mezonlar asosida xolis baholandi.

29 dekabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da “Ijtimoiy roliklar” tanlovining har bir yo`nalish bo`yicha g`oliblarga mukofotlar topshirildi. Jumladan, “Bu – mening O`zbekistonim” yo`nalishida Anvar Nodirov“Ko`pkari” nomli videroligi bilan faxrli birinchi o`rinni egallab, 5 million so`m pul mukofoti bilan taqdirlangan bo`lsa, mazkur yo`nalishda ikkinchi o`rin Behzod Abdurahmonovga nasib etdi. U o`zining “O`zbekiston yoshlar ittifoqi” mavzuidagi ijod mahsuli uchun 3 million so`m pul mukofotga ega bo`ldi. Uchinchi o`ringa Sardor Shavkatov “Welcome to Uzbekistan” videoroligi bilan loyi topildi hamda 2 million so`m pul mukofotini qo`lga kiritdi. Mazkur yo`nalishda Doniyor Shokirovning“Mening yurtim– mening faxrim”, Jamshid Xojiakbarovning “Xiva”, “Madaniyat va Ma’rifat” telekanalining “O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati” nomli videoroliklari rag`batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo`lib, 1 million so`mlik pul mukofotiga ega bo`ldi.

Jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish yo`nalishida birinchi o`ringa Izzat Mansurovning “Giyohvandlikka yo`q deng!” videoroligi, ikkinchi o`ringa Jamshid Xojiakbarovning “Jinoyatchilik – umr zavoli”, uchinchi o`ringa Dilmurod Aminovning “Korrupsiya – kelajakni yo`q qiladi” mavzuidagi ijtimoiy roligi loyiq topildi. Mazkur yo`nalishda rag`batlantiruvchi o`rinlar Dilshod Giyasovning “Farzandlar taqdiriga befarq bo`lmang”, Charos Sadinovaning “Giyohvandning qizi”, Nodir Shavkatovning “O`zni enga olish, xatolarni to`g`rilab olishdir!” mavzularidagi video roliklarga nasib etdi va g`oliblar 1 million so`mlik pusl mukofotlarini qo`lga kiritdi.

Innovasion g`oya va aqliy salohiyatni oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar orasida Baxtiyor Fattoxovning “Kitob o`qing” videroligi faxrli birinchi o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa, ikkinchi o`rin Navro`z Xushvaqtovning“Bolaga kitob bering” ijtimoiy roligiga nasib etdi. O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali “Kitob olami” videroligi uchinchi o`ringa munosib ko`rildi. Mazkur yo`nalishda rag`batlantiruvchi mukofot Nurmuhammad Jumagulovning “Televizor bo`lgim keladi” nomli ijodiy ishiga nasib etdi.

Sog`lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ`ib qilishga qaratilgan ijtimoiy roliklarning ichidan birinchi o`rin Jamshid Rahimjonovning “Sog`lom turmush tarzi” vidleoroligiga, ikkinchi o`rin Sirojiddin Vohidovning “Sport – tinchlik va do`stlik elchisi”, uchinchi o`rin Nodirbek Muqumovning “Yosh chempionlar” videroligiga nasib etdi. Andrey Kulikovning “Sport”, Sardor Otajonovning “I love sport”, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “SPORT” telekanalining “Yoshlar kelajak bunyodkori”, Sa`dullaxon Lutfulla xoji o`g`lining “Bir jamoa” roliklari rag`batlantiruvchi mukofotlarga loyiq topildi. Vanihoyat so`nggi yo`nalish Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandlikka ko`maklashish yo`nalishida Ravshan Nurmuhamedov “Men tadbirkorman”videroligi bilan birinchi o`ringa, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali “Kelajak bunyodkorlari” videroligi bilan ikkinchi o`ringa, jurnalist Dilshod Fayz “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandlikka ko`maklashish” videroligi bilan uchinchi o`ringa loyiq topildi hamda pul mukofotlarini qabul qilib oldi.

— Kitobxonlik va mutolaa zavqi haqida gap ketganda, avvalo “Yoshlar kitob o`qimay qo`ydi”, degan fikr quloqqa chalinadi, – deydi tanlov g`oliblaridan biri “Mening yurtim” telekanali montaj rejissyori Navro`z Xushvaqtov. — Ammo, bunga sabab kitob o`qimayotgan yoshlarning ota-onalari ularga to`g`ri ibrat bo`la olmayotganida. Xo`sh, ota-onalar kitob o`qiyaptimi? degan savol o`rtaga tashlanmaydi. Shu bois ushbu ijtimoiy roligimda aynan mazkur g`oyani ilgari surdim. Ota-onalar bolalarga avvalo kitob olib berishini, farzandlar ma`naviyatini mutolaa orqali boyitib borishini targ`ib qildim.

Shahnoza Nurullaeva

    Boshqa yangiliklar