Hindistonliklar uch qo`l bilan tug`ilgan chaqaloqqa topina boshlashdi, deya ma`lum qildi Ren.tv nashri.
Hindistonning Chxattisgarx shtatida bir chaqaloq uch qo`l bilan tug`ildi.
Uchinchi qo`l chaqaloqning ko`krak sohasida joylashgan bo`lib, go`dak sog`-salomat. ammo shifokorlar chaqaloqning ota-onasiga qo`lni amputasiya qilishni maslahat berishmoqda.
Qo`shni qishloqlardan esa odamlar “ilohiy qudrat” bilan dunyoga kelgan chaqaloqqa topinish uchun oqib kelishmoqda.






