AsosiyJamiyat

Toshkentga Samarqanddan yangi avtobuslar olib kelinmoqda

'Toshkentga Samarqanddan yangi avtobuslar olib kelinmoqda'ning rasmi

Yil so`ngiga qadar olib kelinishi rejalashtirilgan 72 ta SAZ LE 60 o`rta sig`imdagi avtobuslarning yana 12 tasi Samarqanddan Toshkentga qarab yo`lga chiqqan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Shu kungacha barcha qulayliklarga ega bunday avtobuslardan 46 tasi keltirilib, yo`nalishlarga biriktirilgan edi.

Yil so`ngiga qadar, ya`ni mazkur hafta davomida SAZ LE 60 avtobusidan yana 14 ta olib kelinadi. Ular ham yangi yildan poytaxt aholisiga xizmat qila boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar