Qoraqalpog`iston Respublikasining Xo`jayli tumanida 27 dekabr kuni og`ir yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi olamdan o`tdi, deb yozadi O`zA.
Baxtsiz hodisa Nexia-3 markali avtomashinaning beton to`siqqa borib urilganligi oqibatida sodir bo`lganligi aytilmoqda. Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga sabab bo`lgan. Vafot etgan fuqarolarning ikkitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligida faoliyat yuritib kelgan (bittasi vazir o`rinbosari, bittasi mashina haydovchisi), bir kishi Tuyamo`yin-Nukus mintaqaviy suv o`tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari va bittasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi etakchi mutaxassislaridir.
YTHning sodir bo`lishiga asaflt yo`lning sirpanchiqligi sabab bo`lganligi aytilmoqda.
Voqea tafsilotlari o`rganilmoqda.






