AsosiySiyosat

Vazirlar Mahkamasi a`zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi

'Vazirlar Mahkamasi a`zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi'ning rasmi

Parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini jonlantirish lozim.

"Hozirgi kunda Konstitusiyaga muvofiq parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qo`yishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat a`zolari parlament oldida mas`uliyatni etarli darajada his etayotgani yo`q. Shu bois Vazirlar Mahkamasi a`zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman.

Bo`lajak vazir parlament a`zolari oldida sohani rivojlantirish bo`yicha o`z dasturini himoya qilsin va unga erishish yo`llarini asoslab bersin. Bir so`z bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin", - dedi Prezidentimiz.

    Boshqa yangiliklar