AsosiyJamiyat

MTRK tarkibida "O`zbekiston tarixi" kanali tashkil etiladi

'MTRK tarkibida "O`zbekiston tarixi" kanali tashkil etiladi'ning rasmi

Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib o`tdi.

"O`zbekistonning shonli tarixini yangitdan, mukammal o`rganish uchun ommaviy axborot vositalari, Internet resurslaridan keng foydalanish o`ta muhim ahamiyatga ega ekanini, o`ylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz. Shu maqsadda MTRK kompaniyasi tarkibida “O`zbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Bundan tashqari, "Vatanimiz tarixidan lavhalar" turkumida muntazam ravishda ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar nashr etib borish maqsadga muvofiq, deb o`ylayman", - dedi Prezident o`z nutqida.

Prezident tarixni o`rganish masallariga to`xtalar ekan mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to`liq xatlovdan o`tkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozimligini ta`kidladi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar