Liviya poytaxti Tripolidagi Tashqi ishlar vazirligi binosida terrorchilik harakati sodir etildi, deya xabar qildi Euronews.com nashri.
Xudkush terorchilardan biri bino ichida, ikkinchisi kirish joyida o`zini portlatgan. Uchinchisi esa tashqarida otishma sodir etgan. Polisiya voqea joyiga borib, terrorchini yo`q qilishga muvaffaq bo`ldi. Hodisa tufayli 11 kishi qurbon bo`lgani xabar qilinmoqda.






