AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining yana ikki tumaniga hokimlar tayinlandi

'Toshkent shahrining yana ikki tumaniga hokimlar tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Yashnobod va Sergeli tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd qilinishicha, sessiya davomida tashkiliy masala ko`rilgan.

Shu kunga qadar Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich, Sergeli tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Husanov Nozim Baxtiyorovichlar hokim etib tayinlandi.

Eslatib o`tamiz, bunga qadar Olmazor, Mirzo Ulug`bek, Mirobod va Shayxontohur tumaniga hokimlar tasdiqlangani xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar