O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migrasiya tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga eng kam ish haqining 4,5 (to`rt yarim) baravari miqdorida yillik sug`urta to`lovlarini ixtiyoriy ravishda to`lash tartibi joriy etildi va to`lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda davlat pensiyalarini tayinlash uchun mehnat stajiga qo`shiladi.
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning to`langan sug`urta badallari (to`lovlari) hisobi uning doimiy yashash joyi bo`yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Chet elda ishlayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Pensiya jamg`armasiga ixtiyoriy sug`urta badallarini to`lash tartibi juda oson va sodda. Buning uchun fuqaro:
- Doimiy yashash manzili bo`yicha Davlat soliq xizmati organlariga identifikasiya raqami (INN) bilan murojaat etadi;
- Soliq xizmati organlari tomonidan maxsus soliq kodi ochiladi;
- Yaqin joyda joylashgan bank filiallari orqali sug`urta badallarini oylik yoki choraklik shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab biryo`la uch oylik to`lovni Pensiya jamg`armasining hisob-raqamiga to`laydi.
* Izoh. Ixtiyoriy sug`urta badallarini to`lashda soliq xizmati organlariga soliq kodini ochtirish va to`lovni chet elda ishlayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosining yaqin qarindoshi yoki ishonchli vakili orqali ham amalga oshirishlari mumkin.
Bank to`lov hujjatida quyidagi ma`lumotlar aks ettirilishi zarur:
|
Eslatma. To`lov qabul qilinganda fuqaroga uni tasdiqlovchi to`lov hujjati (kvitansiya) beriladi.
To`lov amalga oshirilgandan so`ng, to`lov to`g`risidagi ma`lumotlar elektron tarzda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi bazasiga kiritib boriladi va elektron arxivida saqlanadi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarga pensiyalar quyidagi tartibda tayinlanadi
Pensiya tayinlash tartibiga ko`ra, chet elda ishlagan fuqaro kamida 7 yil sug`urta badallari to`langan davr bo`lsa, yoshga doir pensiya yoki yoshga doir nafaqa erkaklarga 60 yoshda, ayollarga 55 yoshda yoshga doir pensiya tayinlanadi.
Fuqaro Pensiya jamg`armasida O`zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (2018 yil 1 dekabr holatiga 202 730 so`m) kelib chiqib to`laganda, quyidagicha hisoblanadi:
Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallarini to`lash davrida amalda bo`lgan yagona ijtimoiy to`lov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo`jaliklari uchun) va sug`urta badallarining umumiy stavkasiga bo`lish hamda olingan natijani 100 ga ko`paytirish yo`li bilan aniqlanadi, ya`ni 889 167 so`m (202 730 / (14,8+8) x 100).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pensiya hisoblashda fuqaroning ish haqi 889 167 so`m miqdorida inobatga olinadi.
Savollar yuzaga kelganda yoki qo`shimcha ma`lumotlar olish uchun O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining qisqa raqamli “11-40” - “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz mumkin.






