AsosiyJamiyat

2019 yilda qo`shimcha dam olish kunlari

'2019 yilda qo`shimcha dam olish kunlari'ning rasmi

Qo`shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta`tilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi farmonida 2019 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to`liq dam olishi uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish belgilangan.

Mazkur hujjatga muvofiq, 2019 yilda quyidagi qo`shimcha dam olish kunlari belgiladi:

• 2 yanvar – chorshanba;

• 22 mart – juma;

• 2 sentyabr – dushanba.

2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko`chirildi:

• 5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga;

• 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga;

• 7 sentyabr – shanba 3 sentyabr – seshanbaga;

• 28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga.

Farmonda belgilanganidek, byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qo`shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta`tilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Har yilgi mehnat ta`tili davrida saqlanadigan o`rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta`tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinib, unga ushbu Farmonda belgilangan qo`shimcha dam olish kunlari qo`shiladi.

Har yillik mehnat ta`tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o`n besh ish kunidan kam bo`lmasligi kerak. Byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qo`shimcha dam olish kunlari mehnat ta`tiliga qo`shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar