«O`zbekiston temir yo`llari» AJ tezyurar 56-sonli «Toshkent – Urganch» yo`lovchi poezdini Xiva shahriga qadar uzaytirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bergan.
Qatnovlar haftaning seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Toshkent janubiy vokzalidan amalga oshiriladi.
Poezdning kelish va ketish vaqti quyidagicha:
56-sonli «Toshkent - Urganch - Xiva» yo`lovchi poezdi
Ketish – «Toshkent-Janubiy» vokzalidan soat 20:30
Etib borish – Urganch vokzali soat 11:24
Ketish – Urganch vokzali soat 11:35
Etib borish – Xiva vokzali soat 12:05
55-sonli «Xiva - Urganch - Toshkent» yo`lovchi poezdi
Ketish – «Xiva» vokzalidan soat 13:45
Etib kelish – Urganch vokzali soat 14:15
Ketish – Urganch vokzali soat 15:25
Etib kelish – «Toshkent-Janubiy» vokzali soat 06:58






