Toshkentda 2018 yil 17 dekabrda «O`zatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporasiyasiishchi guruhlarining dastlabki kengashi bo`lib o`tdi.
O`zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya delegasiyasiga «Rosatom» davlat korporasiyasi bosh direktorining operasion boshqaruv bo`yicha birinchi o`rinbosari - «IK» AES AJ prezidenti Aleksandr Lokshin boshchilik qildi.
Yig`ilish davomida O`zbekiston tomonidan O`zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish uchun maydon tanlash maqsadida muhandislik tadqiqotlariga oid ishlar holati to`g`risida ma`lumot berildi. Shuningdek, «O`zatom» agentligi tomonidan Muhandislik tadqiqotlari dasturi tasdiqlandi.
Muzokaralar davomida O`zbekiston tomoniga ushbu loyihaga asosan dastlabki shartnomalarning loyihalariberildi. «Rosatom» davlat korporasiyasi ham O`zbekiston Respublikasida birinchi AES qurilishi loyihasi bo`yicha kontraktasiyaga yondashuvlar to`g`risidagi materiallarni va muzokaralarning maqsadli rejasini taqdim qildi. Tomonlar shartnomalarga oid muzokaralarni 2019 yilda boshlashni mo`ljallamoqda.
Eslatib o`tamiz, 2018 yilning 7 sentyabrida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Oripov va Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev O`zbekistonda Rossiya texnologiyalari asosida atom elektr stansiyasini qurish bo`yicha ikki mamlakat hamkorligi to`g`risidagi hukumatlararo bitimni imzoladi. Loyihaga ko`ra,SSER-1200 reaktorli ikkita energoblok qurilishi rejalashtirilgan.






