AsosiySiyosat

Emomali Rahmon O`zbekiston bilan do`stona munosabatlarni yilning tarixiy voqeasi deb atadi

'Emomali Rahmon O`zbekiston bilan do`stona munosabatlarni yilning tarixiy voqeasi deb atadi 'ning rasmi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon dekabr oyining oxirida mamlakat parlamentiga o`zining an`anaviy yillik murojaati bilan chiqish qildi va O`zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilanganini 2018 yilda mamlakat erishgan eng katta yutuqlar sifatida qayd etdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Emomali Rahmon bu voqeani tarixiy deb atadi. Strategik sheriklik to`g`risida shartnoma imzolanganini eslatib o`tdi. Uning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston bilan viza rejimi bekor qilinganidan keyin ikki mamlakatning 2,5 milliondan ortiq fuqarolari bir-birlarining hududiga tashrif buyurdi. Shu bilan birga Tojikiston va O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda rivojlanib, savdo hajmi o`sdi.

Shuningdek, davlat rahbari Tojikistonning suv resurslardan foydalanish tashabbusini BMT tomonidan qo`llab-quvvatlanishini, Rog`un GESning birinchi agregatini tushirilishini yuqori baholadi.

Joriy yilning avgust oyida Emomali Rahmon O`zbekistonga tashrif buyurdi. Bu Tojikiston rahbarining so`nggi 17 yil davomida O`zbekistonga birinchi davlat tashrifi bo`ldi. Tashrif davomida tomonlar 130 million dollarlik bitimlar tuzishdi va Qo`shma bayonot imzolashdi. Shuningdek, prezidentlar davlat chegarasidagi muammoli masalalarni hal qilishga kelishib olishdi.

    Boshqa yangiliklar