AsosiyJamiyat

Auditorlik sertifikatini qanday olish mumkin?

'Auditorlik sertifikatini qanday olish mumkin?'ning rasmi

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, malaka imtihonini topshirish uchun talabgor quyidagi talablardan biriga javob berish kerak:

oliy ma`lumotga, oliy ta`lim muassasasini bitirganidan so`ng oxirgi o`n yil ichida kamida uch yillik audit va buxgalteriya hisobi sohasida ta`lim muassasalarida dars berish bo`yicha amaliy ish stajiga ega bo`lish;

"buxgalteriya hisobi" va "audit" mutaxassisliklari bo`yicha magistr diplomiga va auditorlik tashkilotiga bir yildan kam bo`lmagan amaliy ish stajiga ega bo`lish;

fanbbning iqtisodiy tarmoqlari sohasida ilmiy darajaga ega bo`lish.

Malaka imtihonini o`tkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan to`rt kishidan kam bo`lmagan tarkibda komissiya tuziladi.

Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ariza;
  • pasport nusxasi;
  • maxsus ma`lumotni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
  • xalqaro buxgalter sertifikati (mavjud bo`lganida) nusxasi;
  • mehnat daftarchasining nusxasi;
  • 3x4 hajmdagi 2 dona fotosurat;
  • eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Malaka imtihoni test usulida kompyuterdan foydalangan holda o`tkaziladi.

Test 80 ta savoldan iborat bo`lib, to`g`ri javoblar bo`yicha natija 75 foiz va undan yuqori bo`lsa, imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.

Malaka sertifikati Vazirlik tomonidan komissiya bayonnomalari olingandan keyin 10 kun muddatda rasmiylashtiriladi.

Sertifikat dastlab besh yillik muddatga beriladi, so`ng uning amal qilish muddatini o`n yilga uzaytirish, auditor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoki auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo`lganda imtihonsiz amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar