AsosiyJamiyat

​O`zbekiston OTMlari Istanbul texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi

'​O`zbekiston OTMlari Istanbul texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi'ning rasmi

Istanbul texnika universiteti rektori Mexmet Karaja boshchiligidagi Turkiya Respublikasi delegasiyasi 2018 yilning 18-20 dekabr kunlari Toshkent shahriga ilk bor tashrif buyurdi.

Muzokaralarda ikki davlat OTMlari o`rtasida hamkorlikka asos solish, talabalar va professor-o`qituvchilar akademik almashinuvini yo`lga qo`yish, texnika sohasiga ixtisoslashtirilgan qo`shma fakultet (Toshkent davlat texnika universiteti bilan birgalikda) hamda hamkorlikdagi ilg`or texnoparklarni (texnika yo`nalishidagi oliy ta`lim muassasalari konsorsiumi asosida) barpo etish bilan bog`liq qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Istanbul texnika universitetida o`quv dasturlarining mutanosibligini tahlil qilish va taqqoslash (qo`shma fakultet tashkil etish uchun), ilm-fanning ishlab chiqarish bilan integrasiyasini o`rganish maqsadida

- Toshkent davlat texnika universiteti,

- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,

- Toshkent kimyo-texnologiya instituti,

- Toshkent arxitektura-qurilish instituti,

- Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti,

- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo`tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari, o`quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, professor-o`qituvchilari va olimlarini Istanbul shahriga yaqin kunlarda xizmat safariga yuborishga kelishildi.

Istiqbolda, akademik almashinuvni amalga oshirish, qo`shma ta`lim dasturlari va fakultetlar, ilg`or texnoparklarni tashkil etishda quyidagi yo`nalishlarida hamkorlik qilish rejalashtirildi:

- nurli terapiya (jumladan, proton tezlatgichlari asosidagi tibbiyot asbob-uskunalarida insonlarni davolash);

- ta`lim va ishlab chiqarish sohasi (jumladan, muhandislik fizikasi, kimyo, mikroelektronika, biotexnologiya sohalarida yangi ishlanmalarni yaratish va bu orqali yaratiladigan mahsulotning lokalizasiyasini ta`minlash);

- qishloq hujaligi (genetika va gen injeneriyasi);

- arxitektura va qurilish;

- dizayn;

- axborot-kommunikasiya texnologiyalari (IT-texnologiyalari).

    Boshqa yangiliklar