AsosiyJamiyat

Aliment to`lamagan otaning qarzi 56 millionni tashkil qildi

'Aliment to`lamagan otaning qarzi 56 millionni tashkil qildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan voyaga etmagan farzandlari uchun aliment pullarini o`z vaqtida to`lamay kelayotgan otalarning javobgarligini kuchaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda va ularga nisbatan jazo choralari qo`llanilmoqda.

2018 yil 21 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani ma`muriy sudida ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi va unda qarzdor Sh.Saparovga nisbatan ma`muriy ish ko`rib chiqildi.

Qarzdor Sh.Saparov 2014 yilda muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan sudlangan, unga nisbatan mamlakat hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan edi.

Ammo, bundan tegishli xulosa chiqarmagan qarzdor 2009 yil 3 avgustdan to 2018 yil 1 dekabrga qadar, ya`ni 111 oy davomida aliment qarzini to`lashdan bo`yin tovlab kelgan. Uning shu kunga qadar bo`lgan jami qarzi 56 362 026 so`mni tashkil qiladi.

Qarzdor Sh.Saparovga nisbatan to`plangan hujjatlarga asosan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Aytish joiz, bu ma`muriy qamoq jazosi qarzdorni aliment to`lash majburiyatidan ozod qiladi, degani emas. U ma`muriy qamoq jazosidan keyin tegishli xulosa chiqarmasa, unga nisbatan ikkinchi marotaba jinoiy ish qo`zg`atiladi.

    Boshqa yangiliklar