Bugun, 26 dekabr kuni O`zbekistonning bir qator davlat xususiy kanallarini efirga uzatish vaqtinchalik to`xtatib turiladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ma`lum qildi.
Manbaning ma`lum qilishicha, bunga Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo`ladi.
"26 dekabr kuni soat 9:00 dan 14:00 gacha Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari o`tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi dasturlari 26 va 38 televizion kanallarda tarqatiladi, “UZDIGITAL TV” MCHJ, Uz Report, Zoʻr TV, Milliy TV, Mening Yurtim, Sevimli TV, Futbol-TV dasturlarini tarqatishda tanaffus bo`ladi", - deyiladi vazirlik bayonotida.






