AsosiyJamiyat

Bosh prokuror, Milliy gvardiya qo`mondoni va Ichki ishlar vaziriga hududlar biriktirildi

'Bosh prokuror, Milliy gvardiya qo`mondoni va Ichki ishlar vaziriga hududlar biriktirildi'ning rasmi

Prezident qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan jamoatchilik xavfsizligini ta`minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta`minlash uchun hududlar quyidagicha biriktiriladi:

- Bosh prokurorga – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;

- Milliy gvardiya qo`mondoniga – Andijon, Namangan, Toshkent va Farg`ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;

- Ichki ishlar vaziriga – Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.

Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida quyidagicha amaliyot bosqichma-bosqich joriy etiladi:

- prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformasion xaritalari tuziladi va tizimli yuritiladi;

- xavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularning oldini olish bo`yicha o`z strategiyalarini ishlab chiqadi.

    Boshqa yangiliklar