Prezident qarori bilan 2019 yilda O`zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta`minlash samaradorligini oshirish bo`yicha "Yo`l xaritasi" tasdiqlandi.
"Yo`l xaritasi"da jamoat xavfsizligini ta`minlash samaradorligini oshirish bo`yicha quyidagicha tadbirlarning amalga oshirilishi belgilangan:
• qo`riqlash faoliyati bilan shug`ullanishni yanada takomillashtirish bo`yicha choralar ko`rish, xususan, nodavlat tashkilotlarga xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha qo`riqlash faoliyatiga va xizmatlar ko`rsatishga ruxsat berish;
• ichki ishlar organlarining yo`l-patrul bo`linmalari xodimlari uchun mobil videokameralar hamda ma`muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni rasmiylashtirish va ko`rib chiqishning elektron tizimi plenshetlarini xarid qilish;
• alkogoldan o`tkir mastlik holatida bo`lib, o`zining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tug`diruvchi shaxslarni vaqtincha izolyasiyalash va reabilitasiya qilish uchun har bir tuman (shahar) sog`liqni saqlash muassasalarida alohida xonalar (hushyorxona) ajratish.






