AsosiyJamiyat

O`zbekistonda daromad solig`ining yangi stavkalari tasdiqlandi

'O`zbekistonda daromad solig`ining yangi stavkalari tasdiqlandi'ning rasmi

Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan:

- jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo`yicha soliq solinadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

- yuridik shaxslar – 12 foiz;

- tijorat banklari – 20 foiz;

- sement (klinker) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

- polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

- mobil aloqa xizmatlari ko`rsatuvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

- dividendlar va foizlar tarzida to`lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo`yicha soliq solinadi.

Eslatib o`tamiz, ilgarigi tartib bo`yicha jismoniy shaxslarning daromadiga quyidagicha soliq solingan:

- daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha bo`lgan qismiga – 0 foiz;

- daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha qismiga – 7,5 foiz;

- eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o`n baravarigacha qismiga – 16,5 foiz;

- daromadning eng kam oylik ish haqining o`n baravari va undan ko`p qismiga – 22,5 foiz.

    Boshqa yangiliklar