AsosiyJamiyat

2019 yilda qancha erga paxta ekilishi ma`lum bo`ldi

'2019 yilda qancha erga paxta ekilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2019 yilda g`o`zani navlari bo`yicha joylashtirish va paxta xom ashyosi etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, 2019 yilda 1 million gektardan oshiq er maydoniga paxta ekish rejalashtirilgan.

Hokimliklar va tegishli mas`ul tashkilotlarga 2019 yilda paxtadan qisqartirilgan er maydonlariga paxtani qayta joylashtirmaslik bo`yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

2019 yil hosilidan etishtiriladigan o`rta tolali g`o`zaning 2-sanoat navi 1-klass paxta xom ashyosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o`rtacha narxi 4 000 000 so`m etib belgilandi.

Andijon viloyatida 2019 yilda paxta hosili uchun 50 ming gektar maydonda plyonka ostiga chigit ekiladi.

2019 yil paxta hosili uchun ekishga mo`ljallangan urug`lik chigit "O`zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati yoki paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotlari tizimi doirasida realizasiya qilinganda yoki fermer xo`jaliklariga sotilganda qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinadi.

Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga, istisno tariqasida, O`zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo`jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda ekilishi belgilangan g`o`za navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berildi.

    Boshqa yangiliklar