AsosiyJamiyat

Toshkentda bayram kunlari ayrim avtobus yo`nalishlari o`zgaradi

'Toshkentda bayram kunlari ayrim avtobus yo`nalishlari o`zgaradi'ning rasmi

"Toshshahartransxizmat" kompaniyasi 2018 yil 31 dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobus yo`nalishlari ish rejimiga o`zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytirilishini ma`lum qildi.

Shuningdek, barcha avtobus yo`nalishlaridagi avtobuslar Yangi yil bayramiga mos ravishda bezatilmoqda, haydovchilarni bayram kunlari Qorbobo kiyimida ishga chiqarish choralari ko`rilmoqda.

Bundan tashqari, Yangi yil bayrami tadbirlari o`tkazilishi munobati bilan Toshkent shahri ayrim ko`chalarida avtotransport vositalari harakatining vaqtincha cheklanganligini inobatga olib:

- Istiqlol va Zarafshon ko`chalarining yopilishi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yo`nalishlardagi avtobuslar harakati Navoiy ko`chasi orqali, "Navoiy – A.Temur" ko`chalari chorrahasigacha, A.Temur ko`chasi (Oloy bozori tomonga) orqali o`z yo`nalishi bo`ylab harakatini davom ettiradi;

- Istiqlol ko`chasining yopilishi munosabati bilan, 53A-sonli yo`nalish bo`yicha avtobuslar harakati Navoiy ko`chasi orqali "Navoiy – A.Temur" ko`chalari chorrahasigacha, chorrahadan burilib olib, Navoiy ko`chasi orqali o`z yo`nalishi bo`ylab harakatini davom ettiradi; shuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yo`nalishlarda avtobuslar harakati A.Temur ko`chasi orqali "Navoiy – A.Temur" ko`chalari chorrahasigacha, Shahrisabz ko`chasi orqali o`z yo`nalishlari bo`ylab harakatini davom ettiradi;

- Sebzor ko`chasining yopilishi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yo`nalishlar bo`yicha avtobuslar harakati Navoiy ko`chasi orqali "Navoiy – Abay" ko`chalari chorrahasigacha, Abay ko`chasi orqali o`z yo`nalishlari bo`ylab harakatini davom ettiradi; 150-sonli yo`nalish bo`yicha avtobuslar harakati Navoiy ko`chasi orqali "Navoiy – Abay" ko`chalari chorrahasigacha, Abay ko`chasi orqali "Abay – A.Qodiriy" ko`chalari chorrahasigacha, A.Qodiriy, Sebzor ko`chalari orqali o`z yo`nalishi bo`ylab harakatini davom ettiradi;

- So`galli ota ko`chasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilishi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yo`nalishlar bo`yicha avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So`galli ota, Dilband ko`chalari orqali o`z yo`nalishi bo`ylab harakatini davom ettiradi; 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yo`nalishlar bo`yicha avtobuslar harakati So`galli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So`galli ota, Dilband ko`chalari orqali o`z yo`nalishi bo`ylab harakatini davom ettiradi.

Ta`kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlarning barchasi Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan, Toshkent shahri aholisi va mexmonlariga mazmunli hordik chikarish, madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar