Ispaniyada Yangi yil arafasida o`tkazilgan El Gordo lotereyasining natijalari e`lon qilindi, deya ma`lum qildi Independent nashri.
Mazkur lotereya 18 asrning oxiridan boshlab har yili bayram oldidan tashkil etib kelinadi. Bu yil lotereyaning yutuqlar jamg`armasi ikki milliard to`rt yuz ming evroni tashkil etdi. Barcha g`oliblar nomi tashkil etilgan taqdirlash marosimida ma`lum qilingan bo`lib, ular o`z pul yutuqlarini qo`llariga olishganidan baxtiyor.






