AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonning yangi rahbarini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
1 yanvardan boshlab ushbu lavozimni Patrik Shanaxan egallaydi. Pentagoniing avvalgi rahbari Jeyms Mattis prezident Tramp bilan Suriya masalasida kelisholmagani tufayli iste`foga ketishga majbur bo`lgandi. Oq uydagi manbalarning xabar berishicha, Mattis va Tramp o`rtasidagi kelishmovchilik uzoq vaqtdan beri davom etgan.






