Yangi yil sayillari boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrining bir qator ko`chalari va maydonlarida 24 dekabrdan 10 yanvargacha transport vositalari harakati vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, quyidagi ko`chalarda harakat vaqtincha to`xtatildi:
- Buyuk Turon ko`chasi – Alisher Navoiy ko`chasidan Islom Karimov ko`chasigacha;
- Zarafshon ko`chasi – Alisher Navoiy ko`chasidan Islom Karimov ko`chasigacha;
- Matbuotchilar ko`chasi – Sh.Rashidov ko`chasidan Amir Temur hiyobonigacha;
- Buxoro ko`chasi – Buyuk Turon ko`chasidan Taras Shevchenko ko`chasigacha;
- Istiqlol ko`chasi – Buyuk Turon ko`chasidan Mustaqillik ko`chasigacha;
- Mustaqillik ko`chasi – Zarafshon ko`chasidan AmirTemur hiyobonigacha;
- Sebzor ko`chasi – Alisher Navoiy ko`chasidan Sirk binosigacha;
- Suggali ota ko`chasi – Zargarlik ko`chasidan Dilband ko`chasigacha.


Maydonlar:
- «Compass» savdo majmuasi oldi maydoni;
- Xadra maydoni (O`zbek davlat sirki oldi maydoni);
- Algoritm dahasidagi «Roison Elektronics» korxonasi oldi maydoni;
- Xalqlar Do`stligi san`at saroyi oldi maydoni;
- Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi hamda «Hyatt Regency» mehmonxonasi oldi maydoni;
- «Next» savdo majmuasi oldi maydoni;
- Bektemir tumani Madaniyat va aholi dam olish markazi oldi maydoni;
- Temiryo`lchilar madaniyat saroyi oldi maydoni;
- Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri oldi maydoni;
- Mirzo Ulug`bek nomidagi markaziy bog`;
- «Green Park» maydoni;
- «Eko bog`» hududlari;
- Toshkent hayvonot bog`i oldi maydoni;
- «Ashxabod» madaniyat va istirohat bog`i hududi;
- «Do`stlik» madaniyat va istirohat bog`i hududi.






