Open Arms nodavlat tashkilotiga tegishli, bortida 300 dan ortiq noqonuniy muhojirlar bo`lgan kema Ispaniya sohillariga kirib keldi, deya xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Tashkilot Ispaniya hukumatidan mamlakakt hududiga kirish uchun ruxsat olgan. Bundan avval Malta va Italiya ularni qabul qilishni rad etgan edi. Italiya Ichki ishlar vaziri mamlakat portlari muhojirlarni tashish bilan shug`ullanuvchi kontrobandachilar va ularning sheriklari uchun yopiq, deya qarorga izoh berdi. Muxojirlar Liviya sohillaridan qutqarib olingan.






