AsosiyJamiyat

Qarshidagi "Muruvvat" nogiron bolalar uyi yangi qiyofaga kirdi (foto)

'Qarshidagi "Muruvvat" nogiron bolalar uyi yangi qiyofaga kirdi (foto)'ning rasmi

Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi 4 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan aqlan zaif va nogironligi bo`lgan bolalar yashab, tarbiyalanadigan muassasa sanaladi.

Faoliyati yo`lga qo`yilganiga 42 yil bo`lgan ushbu internatning asosiy binosi 2002 yilda qayta qurilgan. Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan joriy yilning aprel oyidan “ERIELL” hamda “ENTER Ingineering” kompaniyalari homiyligida muassasada kapital rekonstruksiya ishlari boshlangan edi.

Yangi yil bayrami arafasida ushbu muassasada olib borilgan kapital rekonstruksiya ishlari yakuniga etkazilgani munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda internat uyi tarbiyalanuvchilari, xodimlari, sog`liqni saqlash tizimi hamda homiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

– Qisqa muddatda bosh bino, oshxona majmuasi, qozonxona, issiqlik, ventilyasiya tizimlari ta`mirlandi, – deydi muassasa rahbari R.Xo`jaev. – Hudud obodonlashtirilib, butunlay yangi qiyofaga kirdi. Mebel jihozlari yangilandi. Bu ishlar nafaqat bolajonlarimizga qulaylik yaratadi, balki xodimlarimizning samarali ishlashini ta`minlaydi.















    Boshqa yangiliklar