Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e`lon qildi.
Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yo`nalishlari bo`yicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Asosiy mezonlari:
• o`quv jarayonida yuqori reyting ko`rsatkichiga ega bo`lishi;
• davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish – 2019 yil 1 - 15 fevral, ko`rib chiqish va tanlov – 16 fevral - 1 mart.
2018/2019 o`quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 fevraldan boshlab tayinlanadi.
Stipendiya respublika hududida o`rnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam bo`lmagan miqdorda belgilanadi.






