AsosiyJamiyat

Marafon munosabati bilan 25 dekabr kuni Toshkent kichik halqa yo`li vaqtincha yopiladi

'Marafon munosabati bilan 25 dekabr kuni Toshkent kichik halqa yo`li vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Ertaga, 25 dekabr kuni soat 9:00 da Toshkent kichik halqa yo`lida «Vatanparvarlik» marafoniga start beriladi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

12 kilometr masafoni tashkil etadigan marafon Crafers qandolat fabrikasidan boshlanadi. Finish chizig`i Toshkent Janubiy vokzali oldida.

Mazkur marafon Vatanparvarlik oyligi doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan o`tkazilmoqda. Unda barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

G`oliblar Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi tomonidan medallar, diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Marafon munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo`lining ayrim qismi vaqtincha yopiladi. Yuzaga keladigan noqulaylik uchun oldindan uzr so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar