Poytaxtimizda "Yil ayoli-2018" milliy tanlovi va "Nafosat-2018" ko`rik-tanlovi bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi O`zA.
Mazkur tanlovlarni o`tkazishdan maqsad xotin qizlarimizni har jihatdan qo`llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon etishga qaratilgan.
Xotin-qizlar qo`mitasi bo`lim boshlig`i Dilorom Qo`zievaning ma`lumot berishicha, bu yil 140 nafar g`olib "Yil ayoli-2018" tanlovining mamlakat bosqichiga tavsiya etilgan bo`lsa, "Nafosat-2018" ko`rik tanlovida ishtirok etgan 600 nafar dizayner xotin-qizdan 14 nafari respublika g`olibligi uchun kurashmoqda.









