Ukrainalik Aleksandr Usik 2018 yilning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi, deya ma`lum qildi Gazeta.ru nashri.
Usik ro`yxatda vatandoshi Vasiliy Lomachenko, shuningdek, Mayki Garsiya, Entoni Joshua va Moris Xukerdan o`zib ketgan.
2018 yili Usik uchta jang o`tkazib, uchalasida ham g`alaba qozongan va birinchi og`ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan.






