AsosiySport

Toshkentda dzyudo bo`yicha O`zbekiston kubogi start oldi

'Toshkentda dzyudo bo`yicha O`zbekiston kubogi start oldi'ning rasmi

23-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo`yicha O`zbekiston kubogi o`tkaziladi. Bugun musobaqaga start berildi.

Turnirda yurtimizning turli hududlaridan 470 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Bahslarni kuzatish uchun Umid Ahmadjonov boshchiligida Milliy olimpiya qo`mitasi mutasaddilari ham tashrif buyurishdi.

Bugun erkaklar o`rtasida -60 va -66 kg, ayollar o`rtasida esa -48, -52, -57 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil qilinadi.

24 dekabr:

Erkaklar: -73 kg, -81 kg, -90 kg.
Ayollar: -63 kg, -70 kg.

Boshlanish vaqti: 10:00
Finallar: 16:00

25 dekabr:

Erkaklar: -100 kg, +100 kg.
Ayollar: -78 kg, +78 kg.

Boshlanish vaqti: 10:00
Finallar: 13:00.

Musobaqada qayd etilgan natijalar bilan Milliy olimpiya qo`mitasining rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar