22 dekabr kuni «Poytaxt» biznes markazida, 2017 yil Sochi shahrida o`tkazilgan XIX xalqaro yoshlar va talabalar festivalini tashkil etish va o`tkazishga o`zini munosib hissasini qo`shgan, O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi raisi Murodilla Alimbaev, Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putindan Fahriy yorliq va esdalik medali bilan taqdirlandi. Fahriy yorliq va esdalik medali Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Eslatib o`tamiz, Sochi shahrida o`tkazilgan XIX xalqaro yoshlar va talabalar festivalining asosiy maqsadi – turli mintaqalardagi rahbarlarlik qobiliyatiga ega yoshlarni birlashtirish, shuningdek, eng dolzarb masalalar va muammolarga yangi avlod fikrini shakllantirish, BMT tomonidan qabul qilingan “Barqaror rivojlanishning 17 ta loyihasi” yoshlar muhokamasiga qaratilgandi. Xalqaro festivalda 100 ga yaqin O`zbekistonlik yoshlarimiz fan-ta`lim, san`at, madaniyat, ijtimoiy soha va boshqa yo`nalishlarda o`z mahoratlarini ko`rsatishgan.






