Garchi mashhurlar oddiy xalqdan ancha olisda turgandek ko`rinsa-da, ularning ham g`alati odatlari, qiliqlari bor, deya ta`kidlamoqda Day.Az nashri.
Masalan, Anjelina Joli o`rgimchak va boshqa hasharotlarni eydi. Ularda protein ko`p emish.
Reper Eminem agar xonaga tangadekkina yorug`lik tushsa ham uxlolmaydi.
Jennifer Eniston samolyotga chiqishdan olddin o`ng oyog`ini erga do`qillatib oladi.
Jonni Depp og`ir ish kunidan so`ng qo`g`irchoqlar bilan o`ynashni yoqtiradi.
Garchi o`zi avval chekmagan bo`lsa-da, Jessika Simpson nikotin-saqich chaynashni xush ko`radi.
Aktyor Jessi Ayzenberg uysiz qolgan har qanday mushukni xonadoniga ko`tarib kelaveradi.






