Forbes jurnali AQShning eng boy mashhurlarini e`lon qildi, deya xabar bermoqda Layf nashri.
Amerikalik rejissyor Jorj Lukas ro`yxatda etakchilik qilmoqda. Uning mablag`i 5,4 milliard dollar.
Ikkinchi o`rinda – 3,7 milliard dollar bilan yana bir rejissyor Stiven Spilberg.
Uchinchi o`rinda esa teleboshlovchi Opra Uinfri. Uning kapitali 2,8 milliard dollarga etgan.
Shuningdek, ro`yxatda reper Jey Zi hamda fotomodel Kayli Jenner ham o`rin olgan (900 mln. dollar).






