AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xalq ta`limini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi

'O`zbekistonda xalq ta`limini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi'ning rasmi

2019 yil 1 yanvardan xalq ta`limini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Yangi jamg`arma vazifalarida umumiy o`rta ta`limning o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat ta`lim standartlari o`quv dasturlari va o`quv rejalari qaytadan ko`rib chiqilib, takomillashtirilishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, har bir hududda iqtidorli o`quvchilar uchun Prezident maktablari tashkil etish, hamda zamonaviy maktablar qurish rejalashtirilgan. Ta`lim sifati yuqori bo`lgan namunali maktablar tarmog`ini kengaytirish ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari, jamiyatda o`qituvchilarning nufuzini oshirish maqsadida «O`qituvchi maqomi to`g`risidagi» qonuni ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar