AsosiyJamiyat

Tanzila Norboeva O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimiga 5 yilga qayta saylandi

'Tanzila Norboeva O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimiga 5 yilga qayta saylandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Xotin-qizlar qo`mitasining 2014-2018 yillardagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalari sarhisob qilindi.

Tadbirda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva so`zga chiqdi. Ma`ruzachi asosiy e`tiborni qo`mitaning ustuvor vazifalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga qaratdi.

Ta`kidlanganidek, joriy yilning o`zida xotin-qizlar qo`mitalari va aholi bandligiga ko`maklashish markazlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aniqlangan 245 ming nafar ishsiz xotin-qiz bandligini ta`minlashga erishildi. Bu borada joylarda mahallalar kesimida xotin-qizlarning manzilli ro`yxatlari shakllantirilib, 2018 yilda 10 ming nafarga yaqin og`ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar bandligi ta`minlandi va ushbu maqsadlar uchun 38 mlrd. 261 mln. so`m mablag` yo`naltirildi.

photo5256168375866992953.jpg

Xotin-qizlar qo`mitasi tashabbusi bilan foydalanilmay turgan korxonalar, bo`sh binolarni qayta ta`mirlash va ishga tushirish hisobiga 2018 yilning o`tgan davri davomida 2 ming 346 ta kichik sex tashkil etilib, 16 ming nafarga yaqin ayolning bandligi ta`minlangan.

Xotin-qizlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha tizimli ishlar yo`lga qo`yilgan.

Olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasida xotin-qizlar jinoyatchiligi 2016 yilda 5 foizga, 2017 yilda 11 foizga kamaygan bo`lsa, 2018 yilda 35,7 foizga kamayishiga erishilgan.

ed360b4c-abc6-4eb9-9b9d-64a8fe897a23.jpg

Turli diniy ekstremistik oqimlar a`zosi bo`lgan ayollarni sog`lom hayotga qaytarish borasidagi harakatlar natijasida uch ming nafardan ziyod ayol maxsus ro`yxatdan chiqarilgani alohida ta`kidlab o`tildi.

Xotin-qizlar qo`mitasining hisobot-saylov konferensiyasi yakunida qo`mitaning ustuvor vazifalarini belgilab olish va tashkiliy masalalari ham ko`rib chiqildi.

Unga ko`ra, qo`mita boshqaruvi, rayosati va taftish komissiyasi tarkibi saylandi. Shuningdek, qo`mitaning yangi tahrirdagi ustavi qabul qilindi.

Yangi saylangan qo`mita raisi Tanzila Norboeva tadbir ishtirokchilarini xotin-qizlarimiz baxtiyor yashashini ta`minlashda hamkor va yakdillikda ishlashga chaqirdi.

c1e0aef0-4f96-49e2-9f0f-0433be24d4bf.jpg

    Boshqa yangiliklar