Italiya poytaxti Rim shahrida yuzlab avtobuslar yo`llarni to`sib qo`ydi, deya ma`lum qilmoqda Segodnya nashri.
Bir necha soat davomida sayyohlar avtobuslari shahar ko`chalarida harakatsiz to`xtab turishgan. Natijada esa Rim bo`ylab ulkan tirbandliklar paydo bo`ldi. Haydovchilar sayyohlik avtobuslarining shahar markaziga kirish taqiqiga qarshi noroziliklarini shu tariqa ko`rsatishgan. Hukumat tomonidan qadimiy yodgorliklarni va havoning ifloslanish darajasini kamaytirish maqsadida ushbu taqiq joriy etilgan edi.






