Shvesiya poytaxti Stokgolm shahrida Yangi yil ko`rgazmasi tashkil etildi, deb xabar berdi Mixstuff nashri.
Bu erda qandolatchilar va nonvoylar tomonidan tayyorlangan 160 dan ortiq mahsulotlar bor. Bu erda har bir pishiriq Yangi yil bezaklari, uychalar va archa o`yinchoqlari shaklidadir. Ko`rgazmaga kelayotgan tomoshabinlar eng yaxshi mahsulot muallifini aniqlab berishgan. Bu yilgi mukofot 21 yoshli Jaklin Bromsga nasib etdi.
Mazkur ko`rgazma 6 yanvarga qadar davom etadi.






