Braziliyaning Manaus shahrida ulkan yong`in sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Alanga xonadonlarning birida elektr jihozlari portlashi oqibatida kelib chiqqan. Qisqa fursatda u katta yong`inga aylanib ketgan va atrofdagi uylarga juda tez tarqagan. Ma`lumotlarga ko`ra, olov 600 ga yaqin uyni qamrab olgan. Qurbonlar yo`q. Biroq 4 kishi kuyish jarohatini olib, kasalxonaga yotqizilgan. Boshpanasidan ayrilganlar esa vaqtinchalik maktablarga joylashtirilgan.






