Axborot tizimining sudlar faoliyatiga keng joriy etilishi ishlarni sudyalar o`rtasida inson omilisiz, adolat va xolislik tamoyillariga asoslangan holda teng taqsimlash imkonini beryapti, deyiladi O`zA xabarida.
Sudlarda noqonuniy va asossiz ayblangan yuzlab fuqarolar oqlanib, el-yurt, mahalla-ko`y oldida yuzlari yorug` bo`lmoqda. Shu o`rinda ayrim raqamlarga murojaat qilsak, 2018 yil 11 oyida jinoyat ishlari bo`yicha sudlar tomonidan 44 ming 801 nafar shaxsga nisbatan 35 ming 31 ish ko`rib chiqildi. Bu jarayonda 719 nafar shaxs oqlandi va reabilitasiya qilindi. 2 ming 449 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lmagan jazolar tayinlanishi tufayli sud zalidan ozod qilindi.
Yarashuv institutining samarali qo`llanilishi natijasida 8 ming 664 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. Etkazilgan 294,2 milliard so`mdan ziyod moddiy zararning o`rnini qoplagan 3 mingga yaqin shaxs¬ga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlandi.
Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar tomonidan 172 mingga yaqin ish ko`rib chiqildi va 147 ming 351 hal qiluv qarori chiqarildi. Ushbu qarorlar bo`yicha talablarning 83 foizdan ortig`i qanoatlantirildi.
Oliy sud sudlov hay`atlarida 3 ming 242 ish ko`rlgan bo`lsa, ularning 82,9 foizi hal etildi.
Bir so`z bilan aytganda, sudlar tom ma`noda adolatni ta`minlash, fuqarolar, yuridik shaxslar huquq va manfaatarini ta`minlash yo`lida izchil faoliyat yuritishni davom ettirmoqda.






