O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar berdi.
Davlat boshqaruvi organlaridagi ko`p yillik samarali mehnati, Savdo-iqtisodiy sohadagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, respublikamiz eksport salohiyatini yuksaltirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, chet ellik hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish, yurtimizga xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo qilish borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 50 yilligi munosabati bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.






