AsosiyJamiyat

Eksportni qo`llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etildi

'Eksportni qo`llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etildi 'ning rasmi

“Eksportga ko`maklashish va uni rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qilmoqda.

Qarorga muvofiq, quyidagilar Vazirlar Mahkamasining komplekslari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda hokimlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta`lim, transport) eksportini oshirish;
  • o`zi ishlab chiqargan mahsulotlarni etkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.

Faoliyati Tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladigan Eksportni qo`llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etildi.

Eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko`maklashish, eksport faoliyatini moliyaviy qo`llab-quvvatlash milliy tizimning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, Tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag`batlantirish agentligi, xorijdagi elchixonalar qoshida savdo vakolatxonalari tashkil etildi.

“O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasiga eksport kreditlari va operasiyalarini sug`urtalash vazifasini yuklandi va u Tashqi savdo vazirligiga o`tkazildi.

Tashqi savdo vaziri “O`zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining raisi etib saylanadi.

2019 yildan boshlab har yili Davlat byudjetidan 15 million AQSh dollaridan kam bo`lmagan mablag` Eksportni rag`batlantirish agentligiga ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar