Sudyalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
Qaror bilan, sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar beriladi:
- kredit muddati – uch oylik imtiyozli davr bilan 5 yil;
- dastlabki badal – sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
- kredit bo`yicha foiz stavkasi – Markaziy bankning kredit berish sanasidagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda.






