AsosiyJamiyat

22 dekabr kuni mamlakatimizda biroz yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin

'22 dekabr kuni mamlakatimizda biroz yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 22 dekabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, cho`l zonalarida kechasi 5-10, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining 1 ming 800 metrdan baland hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar